“La Fermeté des faibles” – So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” pandnoma asarining ilk fransuzcha tarjimasi
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/FZVB7255
Keywords:
Sabot ul-ojizin, tasavvuf, Markaziy Osiyo islom madaniyati, fransuz sharqshunosligi, Alexandre Papas, Marc Toutant, tarjimashunoslik, tasavvuf terminologiyasi, interpretatsiya, chig‘atoy adabiyotiAbstract
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo tasavvuf adabiyotining
muhim namunasidan biri bo‘lgan So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin”
asarining fransuz tiliga tarjimasi va uning ilmiy talqini tahlil qilinadi.
Tahlil jarayonida asarda uchraydigan tasavvufiy tushunchalar fransuz
tilida qanday ifodalangani hamda tarjima jarayonida yuzaga kelgan
semantik va interpretativ o‘zgarishlarni aniqlash asosiy maqsad qilingan.
Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tarjimashunoslik va germenevtik metodlardan
foydalanildi. Asosiy e’tibor fransuz sharqshunoslari Alexandre Papas
va Marc Toutant tomonidan amalga oshirilgan tarjima va uning ilmiy
izohlariga qaratildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, fransuzcha
tarjimada tasavvufiy terminlarning katta qismi izohli yoki interpretativ
model orqali berilgan bo‘lib, bu matnni g‘arb o‘quvchisi uchun tushunarli
bo‘lishini ta’minlagan. Shu bilan birga, ayrim hollarda asl matndagi mistik-
ruhiy mazmun nazariy tushunchalar orqali talqin qilingan. Tahlil natijalari
fransuz sharqshunosligida Markaziy Osiyo tasavvuf matnlarini o‘rganish
jarayonining muhim jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi.