Sun’iy intellekt texnologiyalarining sotsiologik diskurs tahlili
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/CLWU7433
Keywords:
sun’iy intellekt, kognitiv fan, miya faoliyati, ong, tafakkur, kognitiv psixologiya, kognitiv lingvistika.Abstract
Maqolada davrimizning eng dolzarb mavzusiga aylangan sun’iy
intellekt imkoniyatlarining ijtimoiy fanlarga o‘tkazgan ta’siri kognitiv
fan doirasida tahlil etilgan. Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-texnologik
ishlanmalar fan va ta’lim sohasini, qolaversa, inson va jamiyat hayoti bilan
bog‘liq barcha soha hamda tarmoqlarni to‘liq qamrab olmoqda. Bugungi
sharoitda uning ijtimoiy-gumanitar fanlarga ta’siri, oqibatlari, kutiladigan
o‘zgarishlardagi tendensiyalar soha tadqiqotchilarini jiddiy ilmiy harakat
qilishga chorlaydi. Ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida sun’iy intellekt bilan
bog‘liq voqeliklar inson omili va ruhiyati bilan bog‘liq hodisa sifatida
davriy o‘rganib kelinayotgani maqolada tizimli tahlil etilgan. Miya faoliyati,
ong va tafakkurning falsafiy-sotsiologik tomonlari, kognitiv psixologiya va
kognitiv lingvistika modellarining zamonaviy shartlarini ishlab chiqishda
sun’iy intellektning ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil etilgan