Turkum she’rlar – Alisher Navoiy obrazini yaratishda lirik vosita sifatida

10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/ETTU8755

Authors

  • Gulbahor Ashurova

Keywords:

she’r, shoir siymosi, buyuk ijodkor, milliy qadriyat, badiiy talqin, hayot haqiqati, tarixiy obraz, to‘qima obraz, tafakkur, ruhiy olam.

Abstract

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘zbek adabiyotida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy siymosini badiiy talqin etish yangi bosqichga ko‘tarildi. Chunki bu davrda milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash bosh masalaga aylandi. Alisher Navoiy adabiyotda ma’naviy-axloqiy kamolotning timsoli sifatida e’tirof etildi. Uning ibratli hayoti, shaxsiyati namuna o‘laroq tasvirlandi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida buyuk mutafakkirga bag‘ishlab yaratilgan turkum she’rlar shoirlar ijodida o‘ziga xos, alohida sahifalarini tashkil etadi. Shunga ko‘ra tarixiy shaxsning zamonaviy talqini bugungi kun ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Mazkur maqolada Alisher Navoiy siymosining kichik she’rlarda
talqin etilishi tahlil qilingan. She’rlarning adabiy-estetik ahamiyati,
ko‘tarinki ruh, milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini hosil qilishdagi roli va
ahamiyati yoritilgan.

Downloads

Published

2026-07-29