Tarixiy manbadan badiiy talqinga: Esondavlat begim obrazining ingliz tarixiy romanlaridagi interpretatsiyasi

10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/MKGX9532

Authors

  • Mohida Qodirova tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

“Boburnoma”, ingliz tarixiy romanlari, Esondavlat begim, transformatsiya, memuar.

Abstract

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari asosida
ingliz adabiyotida Flora Anni Stil hamda Aleks Rutserfordlar tomonidan
yaratilgan ikki tarixiy romanda Esondavlat begim obrazi ham badiiy talqin
etilgan. Mazkur badiiy talqinlarni tahlil qilish davomida “Boburnoma”,
“Jahongashta qirol” (“King-errant”) hamda “Shimoldan kelgan fotihlar”
(“Raiders from North”) romanlaridagi Esondavlat begim shaxsi yoritilgan
o‘rinlar o‘rganildi. Bunda “Boburnoma” gipotekst – asos matn vazifasini,
“Jahongashta qirol” va “Shimoldan kelgan fotihlar” romanlari gipertekst
– yangi, transformatsiyaga uchragan matn vazifasini bajargan. Tadqiqot
mobaynida yuqorida nomlari tilga olingan ikki ingliz yozuvchilari o‘z
asarlarida Esondavlat begim obraziga katta o‘rin berib, uning davlat
boshqaruvi, siyosiy masalalardagi rolini ochib berishga harakat
qilganliklari, asar davomida tarixiy faktlarga asoslangan holda Esondavlat
begim shaxsi va tashqi qiyofasini o‘ziga xos badiiy mahorat bilan
tasvirlaganliklar yoritildi. Ushbu tadqiqot “Boburnoma” hamda u asosida
ingliz adabiyotida yaratilgan asarlar, ulardagi transformatsiya hodisasini
o‘rganishga doir tadqiqotlar uchun manba vazifasini bajaradi.

Author Biography

Mohida Qodirova, tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Downloads

Published

2026-07-29