Tarixiy manbadan badiiy talqinga: Esondavlat begim obrazining ingliz tarixiy romanlaridagi interpretatsiyasi
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/MKGX9532
Keywords:
“Boburnoma”, ingliz tarixiy romanlari, Esondavlat begim, transformatsiya, memuar.Abstract
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari asosida
ingliz adabiyotida Flora Anni Stil hamda Aleks Rutserfordlar tomonidan
yaratilgan ikki tarixiy romanda Esondavlat begim obrazi ham badiiy talqin
etilgan. Mazkur badiiy talqinlarni tahlil qilish davomida “Boburnoma”,
“Jahongashta qirol” (“King-errant”) hamda “Shimoldan kelgan fotihlar”
(“Raiders from North”) romanlaridagi Esondavlat begim shaxsi yoritilgan
o‘rinlar o‘rganildi. Bunda “Boburnoma” gipotekst – asos matn vazifasini,
“Jahongashta qirol” va “Shimoldan kelgan fotihlar” romanlari gipertekst
– yangi, transformatsiyaga uchragan matn vazifasini bajargan. Tadqiqot
mobaynida yuqorida nomlari tilga olingan ikki ingliz yozuvchilari o‘z
asarlarida Esondavlat begim obraziga katta o‘rin berib, uning davlat
boshqaruvi, siyosiy masalalardagi rolini ochib berishga harakat
qilganliklari, asar davomida tarixiy faktlarga asoslangan holda Esondavlat
begim shaxsi va tashqi qiyofasini o‘ziga xos badiiy mahorat bilan
tasvirlaganliklar yoritildi. Ushbu tadqiqot “Boburnoma” hamda u asosida
ingliz adabiyotida yaratilgan asarlar, ulardagi transformatsiya hodisasini
o‘rganishga doir tadqiqotlar uchun manba vazifasini bajaradi.