O‘zbek va nemis rahbar-muloqot diskursida nutq odobi va uning lingvistik aspektlari
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/DPDX2270
Keywords:
rahbar-muloqot diskursi, nutq odobi, asimmetrik muloqot, imperativ aktlar, korporativ elektron muloqot, pragmatika, institutsional kommunikatsiya, imperativ shakllar, illokutiv aktlarAbstract
Maqolada o‘zbek va nemis tillaridagi korporativ boshqaruv hamda
rahbar-xodim muloqot diskursida nutq odobining (politeness) pragmatik,
semantik va strukturaviy-sintaktik xususiyatlari tahlil qilingan. Ijtimoiy
ierarxiya, asimmetrik munosabatlar va milliy mentalitetning muloqot
jarayoniga ta’siri tadqiqotning markaziy obyektidir. O‘zbek tilidagi murojaat shakllarining tarixiy-grammatik taraqqiyoti, xususan, XX asr
boshlaridagi ilk lingvistik manbalardagi olmoshlar va fe’l shakllari tasnifi
bugungi pragmatik muloqot asoslari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganildi.
Nemis tilidagi korporativ tenglik, to‘g‘ridan-to‘g‘rilik (Direktheit) va
masofaviy rasmiylik tamoyillari o‘zbek tilidagi yuzni saqlash, yosh
ierarxiyasi va bilvosita ifoda (mitigatsiya) usullariga chog‘ishtirildi.
Maqolada murojaat shakllarining asimmetrik diskursdagi ishtiroki,
direktiv nutqiy aktlar (buyruq, iltimos), e’tiroz bildirish strategiyalari
hamda yozma elektron muloqot (e-mail) pragmatikasi real korporativ
nutqiy vaziyatlar ha