Adabiyotda falsafa va dinning uyg‘unligi

10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/VXYF1802

Authors

  • Abdug‘ani Nasriddinov o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Keywords:

“Vahdat ul-vujud” (Yagona borliq), “Vahdat ush- shuhud” ta’limoti, tasavvuf, kalom, komil inson, so’fiylar, kalom ilmi, ortodoksal islom ta’limoti, milliy nigilizm.

Abstract

Mustaqillikdan keyingi davrda milliy qadriyatlarning qayta
tiklanishi, diniy erkinlikning ortishi adabiyotshunoslik sohasida ham
muhim vazifalarni kun tartibiga chiqardi. Xalqimizga tariximizda o‘chmas
iz qoldirgan buyuk siymolar faoliyati, merosini o‘rganish, diniy-irfoniy,
tasavvufiy mazmundagi adabiyotlarni tushuntirish ehtiyoji yuzaga
keldi. Bu borada yurtimizdagi ko‘plab olimlar anchayin salmoqli ishlarni
amalga oshirdilar. Akademik Shuhrat Srojiddinov ham ko‘p yillardan
buyon islom falsafasi bilan jiddiy shug‘ullanib kelmoqda. Olimning “So‘fi
Olloyor ilohiyoti” (I qism) nomli monografiyasi, “Islom falsafasiga kirish:
kalom ilmi” darsligi, “O‘zbek adabiyotining falsafiy sarchashmalari” nomli
qo‘llanmasi birlamchi manbalar asosidadagi tahlil va ilmiy xulosalari bilan
alohida ilmiy qimmat kasb etadi.
Mazkur maqolada olimning ilmiy faoliyati, diniy-irfoniy adabiyotni
xalqimizga yetkazish yo‘lidagi tadqiqotlari tahlil qilinadi.

Author Biography

Abdug‘ani Nasriddinov, o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Downloads

Published

2026-07-29