O‘zbek badiiy prozasida ekologik diskursning kognitiv-pragmatik tadqiqi (O‘tkir Hoshimov va Tog‘ay Murod asarlari misolida)

10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/TENY5020

Authors

  • Shaxlo Naraliyeva pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, Qozog‘iston Respublikasi, Jumabek Tashenev nomli universitet

Keywords:

ekologik diskurs, kogniotip, maydon modeli, o‘zbek romanchiligi, lingvoekologiya, pragmalingvistika, aksiologik baho, konseptuallashuv, deontik modallik, antropotsentrizm, freym tahlili, aksiologik shkalalash.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek badiiy prozasida ekologik
diskursning konseptuallashuvi kognitiv-pragmatik va lingvokulturologik
jihatdan kompleks tadqiq etiladi. Tadqiqotning empirik obyekti sifatida
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshidagi o‘zbek romanchiligining
eng yorqin namunalari – O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlari tanlab olingan.
Ishda ilk bor o‘zbek nasridagi ekologik mavzuga doir matnlarning 7 ta
funksional-kommunikativ tipi batafsil tasniflandi va ekologik diskursning
yadro-periferiya tamoyiliga asoslangan kompleks maydon modeli (field
model) ishlab chiqildi.
Maqolada tabiat hodisalari va elementlari (yomg‘ir, yer, suv,
tuproq) obrazlarining milliy kognitiv modellar hamda mental stereotiplar
asosida baholanishi, ularning ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy inqirozlarni
verballashtirishdagi pragmatik funksiyasi va deontik kuchi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalari tilshunoslikning zamonaviy tarmoqlari bo‘lmish
lingvoekologiya, pragmalingvistika va matn lingvistikasi sohalarini yangi
nazariy xulosalar va metodologik yondashuvlar bilan boyitadi

Author Biography

Shaxlo Naraliyeva, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, Qozog‘iston Respublikasi, Jumabek Tashenev nomli universitet

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, Qozog‘iston
Respublikasi, Jumabek Tashenev nomli universitet

Downloads

Published

2026-07-29