Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga integratsiyasi: institutsional transformatsiya va strategik model (O‘zbekiston misolida)

10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/MTHG5355

Authors

  • Umidjon Kushayev falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b., Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

sun’iy intellekt, ta’lim instituti, institutsional transformatsiya, raqamli transformatsiya, personallashtirilgan o‘qitish, generativ modellar, akademik halollik, kognitiv avtonomiya, raqamli tengsizlik, pedagogik kompetensiya.

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining O‘zbekiston
ta’lim tizimiga integratsiyasi institutsional va ijtimoiy-falsafiy nuqtayi
nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida personallashtirilgan o‘qitish,
ma’muriy jarayonlarni avtomatlashtirish, virtual maslahatchilar va
generativ modellar kabi yo‘nalishlar tizimli ravishda klassifikatsiya
qilingan. Xalqaro va milliy empirik ma’lumotlar asosida SI qo‘llanilishi
ta’lim samaradorligini oshirish bilan birga akademik halollik, raqamli
tengsizlik, kognitiv avtonomiya va pedagog rolining transformatsiyasi kabi
institutsional xavflarni ham yuzaga keltirishi asoslangan. Maqolada sun’iy
intellekt integratsiyasi texnologik modernizatsiya va ta’lim institutining
normativ qayta konfiguratsiyasi sifatida talqin etilgan. O‘zbekiston
sharoitida SI joriy etilishining institutsional modellari tizimlashtirilib,
milliy kontent, infratuzilma, pedagogik kompetensiya va etik me'yorlarni
uyg‘unlashtiruvchi kompleks strategik model taklif etilgan

Author Biography

Umidjon Kushayev, falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b., Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Downloads

Published

2026-07-29