Bolalar nutqida emotsional deyksisning voqelanishi
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/ZATT5832
Ключевые слова:
bolalar nutqi, ishora birligi, ontogenez, emotsional deyksis, ontolingvistika, pragmalingvistika, kommunikativ maqsad, nutqiy vaziyat, prosodik belgi, avtokommunikatsiya.Аннотация
Mazkur maqola bolalar nutqida emotsional deyksisning lingvo-
pragmatik va psixolingvistik xususiyatlarini kompleks tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Unda til birliklarining nafaqat referensial, balki emotsional-
ekspressiv funksiyasi ham mavjudligi asoslangan. Unda bolalar nutqida
deyktik vositalarning emotsional munosabatni ifodalashdagi o‘rni,
ularning kognitiv rivojlanish, ijtimoiy muhit va hissiy tajriba bilan uzviy
bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, fonetik, leksik va morfologik birliklar
orqali yuzaga keladigan emotsional deyksis mexanizmlari real nutqiy
misollar asosida tahlil qilingan. Bola nutqida unlilarning cho‘zilishi,
undoshlarning ikkilantirilishi, undov va yuklamalar yordamida quvonch,
qo‘rquv, norozilik, mehr kabi hissiyotlar ifodalanishi ko‘rsatib berilgan.
Tadqiqot natijalari emotsional deyksisni shaxsiy tajriba va nutqiy
faoliyatning muhim komponenti sifatida talqin etish zarurligini ko‘rsatadi
hamda uning bolalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi
rolini aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot emotsional deyksisning til va
tafakkur munosabatini tadqiq etishdagi o‘rnini ham belgilaydi, bolalar
nutqining psixologik va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlashga
yordam beradi. Ushbu yondashuv ontolingvistika va pragmalingvistika
doirasida yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatini yuzaga keltiradi va
nazariy tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi.