Samarqand bozorlari tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari
10.52773/tsuull.uzlc.2026.1/HTNN8573
Ключевые слова:
bozor, savdo, savdogar, rasta, aloqa, chorsu, tim, baqqol, sarrof, tovar, mahalla, qishloq, guzar.Аннотация
Maqolada tarixiy-etnografik manbalar asosida Sharq bozorlari
tarixi, o‘ziga xos etnomadaniy xususiyatlari tahlil qilingan. O‘rta chog‘larda
sharq bozorlarining ma’muriy markaz sifatida ommalashishida chorsu,
tim va karvonsaroylarni paydo bo‘lishi tarixi, me’moriy tuzilish hamda
jamiyat hayotida tutgan o‘rni borasida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, mintaqa bozorlari, jumladan, Samarqand bozorlarining o‘ziga
xosligin ko‘rinishlari ixtisoslashgan, jumladan, oziq-ovqat, kiyim-bosh
(to‘n, poyabzal, do‘ppi), ipak, zargarlik, temirchilar, qog‘oz, paxta, g‘alla,
guruch, baqqollik mollari bilan savdo qilinadigan bozorlar, hafta kunlari
bilan bilan bog‘liq “Payshanba bozor”, “Juma bozor” kabi bozorlar bilan
birgan chorva, xususan, “ot bozor”, “qo‘y bozor”, “mol bozor”lari tarzida
namoyon bo‘lishi hamda ularning etnolokal xususiyatlari bilan birga
lokatsiyasi borasida ham yangi ma’lumotlar ilgari surilgan.
Maqolada muallif tomonidan Samarqand bozorlari shahar
iqtisodiyotining yetakchi sohasi – hunarmandchilik bilan shahar atrofidagi
mahallalar, bir tomondan, qishloqlar hamda qo‘shni mintaqalar o‘rtasida
asosiy aloqa bo‘g‘ini ekanligi, ikkinchidan esa, qishloqlardagi iqtisodiy
taraqqiyot, shahar xo‘jaligining rivojlanishida asosiy omil bo‘lganligi
ilmiy asosda isbotlangan. Qolaversa, aynan bozorlarning etnomadaniy
va ijtimoiy maskan tarzida kishilik tarixida tutgan o‘rni borasida muhim
ma’lumotlar berilgan.