Normativ-huquqiy matnlarni lingvo-mantiqiy ekspertiza qilish metodologiyasi (Soliq kodeksining 248-moddasi misolida)

10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/XMKP2930

Авторы

  • Dilrabo Elova

Ключевые слова:

lingvo-mantiqiy ekspertiza, yuridik lingvistika, kogerentlik, propozitsional mantiq, sintaktik qamrov, mantiqiy ziddiyat, Soliq kodeksi, rasmiy matn tahlili, anaforik bog‘lanish.

Аннотация

Mazkur maqola matn va nutq qurilishida mantiqiy izchillikni
ta’minlash hamda yuridik hujjatlarni lingvo-mantiqiy ekspertizadan
o’tkazish masalalariga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi
rasmiy matnlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
248-moddasi misolida yuzaga keladigan sintaktik qamrov muammolari
va mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash, ularni bartaraf etish mexanizmlarini
ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, tadqiqot propozitsional
mantiq apparatini yuridik matnlar tahlilida qo‘llash usullarini ko‘rsatib
beradi hamda huquqiy lingvistika va kognitiv tilshunoslik kesishmasidagi
metodologik bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qiladi.
Tadqiqot jarayonida to‘rtta asosiy lingvistik-mantiqiy usuldan
foydalanildi: leksik-semantik segmentatsiya, propozitsional mantiq tahlili,
kontrafaktik modellashtirish va kogerentlik-diskursiv tahlil. Tahlil natijalari
shuni ko‘rsatadiki, huquqiy matnlarda “kengaytirilgan talqin” qoidasi ko‘p
hollarda mantiqiy kolliziyalarga sabab bo‘ladi; qat’iy chegaralangan yopiq
ro‘yxat va anaforik bog‘lanishsiz yozilgan mustaqil xatboshilar o‘rtasida
shartli qoidalarni (masalan, Vazirlar Mahkamasi tartibini) sun’iy ko‘chirish
mantiqan noto‘g‘ri ekanligi isbotlandi. Shuningdek, matnning turli
qismlarida “bekor qilinishi mumkin bo‘lgan mantiq” (defeasible reasoning)
va “qat’iy mantiq” (monotonic reasoning) mexanizmlari parallel ravishda
ishlashi hamda ularning aralashtirilishi qonunni noto‘g‘ri qo‘llashga zamin
yaratishi ko‘rsatildi.

Загрузки

Опубликован

2026-07-29