O‘zbek tili: o‘rganish, dekolonizatsiya va hissiyot
10.52773/tsuull.uzlc.2026.2/TWBU5701
Ключевые слова:
o‘zbek tilini dekolonizatsiya qilish, mustamlakalik va postkolonializm, o‘zbek tili ikkinchi til sifatida o‘qitish, til siyosati, til o‘rganishda hissiyotlar va munosabatlarАннотация
Ushbu maqolada so‘nggi 150 yil davomida o‘zbek tilining
rivojlanishi va uni ikkinchi til sifatida o‘qitish jarayonlari tadqiq etilib,
bugungi amaliyotlar o‘zgarib borgan mustamlakachilik munosabatlari
kontekstida tahlil qilinadi. Unda Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi
davridagi til siyosati ko‘rib chiqilib, o‘zbek tilining rus tiliga bo‘ysun-
dirilishi bilan bir qatorda standartlashtirish, yozuv islohotlari va ta’lim
sohasidagi mahalliy subyektlik ham yoritiladi. Shuningdek, 1991-yildan
keyingi mustaqillik davri tahlil qilinib, to‘liq yakunlanmagan alifbo
islohoti, davlat boshchiligidagi til rejalashtirilishi, so‘nggi qonunchilik
hujjatlari, shuningdek, cheklangan jamoatchilik tashabbuslari va raqamli
faollik muhokama qilinadi. Tahlilda o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish
tizimining tarixiy shakllanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Maqola so‘ngida o‘zbek tilini o‘rganishga oid hissiyotlar,
munosabatlar va o‘rganuvchilar tajribalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarning
yetarlicha emasligi qayd etilib, muhim bo‘shliq aniqlangan: o‘zbek tilini
dekolonizatsiya qilish, ko‘pchilik vakillarining o‘z tilini ikkinchi til sifatida
o‘rganishi va bu jarayondagi emotsional jihatlar hozirgacha baravar
o‘rganilmaganligi ta’kidlangan.