Mustamli Buxoriy va moturidiya ta’limoti
Ключевые слова:
Abu Bakr Kalobodiy, Abul-Hasan Ash’ariy, Abu Mansur Moturidiy, Mustamliy BuxoriyАннотация
Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Mustamliy alBuxoriy (vaf. 434/1043) tomonidan XI asrning boshlarida yozilgan “Sharh
at-Ta’arruf li-mazhab at-tasavvuf ” (“Tasavvuf yo‘li bilan tanishuv” asariga
sharh”) asari nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamida tasavvuf va
kalomga bag‘ishlab yozilgan asarlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shu kunga
qadar ushbu asar tasavvufga oid muhim manba sifatida anchagina keng
o‘rganilgan bo‘lsa-da, uning kalom ilmidagi o‘rni va ahamiyati haligacha
tadqiqotchilar e’tiborini yetarli darajada o‘ziga jalb qilmagan. Holbuki,
tasavvufning islom dini, jumladan, sunniylik yo‘nalishining hanafiylik
mazhabiga to‘la muvofiq ekanligini isbotlashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan Mustamliy o‘zining ushbu asarida tasavvuf bilan birgalikda
kalomning asosiy masalalarini ham keng yoritib bergan. Ushbu maqolada
Mustamliy Buxoriyning kalomga oid qarashlarida moturidiya kalom
maktabi ta’limoti ta’siri to‘g‘risida so‘z yuritiladi.