Marko Polo Samarqand haqida

Авторы

  • Elisabetta Ragagnin

Ключевые слова:

Buyuk Ipak yo‘li, sayohat, sayohatnoma, mo‘jizalar

Аннотация

Marko Poloning butun dunyo bo‘ylab mashhur sayohatnomasi,
masalan Devisement dou Monde “Dunyo ta’rifi”, Livres des Merveilles du
Monde, “Dunyo mo‘jizalari kitobi” va italyan tilidagi “Million” Ipak yo‘li
boylab joylashgan mamlakatlar va xalqlarning tarixi va mo’jizalari, xususan,
ta(r)tarlar, ya’ni mo‘g‘ullar haqida, ular Yevropada o‘sha davrda shunday
atalgan. XIII va XIV asrlarda allaqachon Marko Poloning sayohatnomasi
katta muvaffaqiyatga erishgan edi. U bir necha marta ko‘chirilgan va turli
tillarga tarjima qilingan, butun Yevropaga tarqalib, eng yaxshi xaridorgir
kitobga aylangan edi. Biroq asl qo‘lyozma yo‘qolgan. Ma’lumki, yo‘qolgan asl
qo‘lyozma shunday tilda yozilgan, ya’ni fransuzcha-italyancha, italyan bilan
aralashtirilgan fransuz tildan tashkil topgan aralash til (Mischsprache)-
da yozilgan nusxasi 1116-yil Fransiya bibliotekasida saqlanib qolgan.
Marko Polo kodekslarining umumiy tasnifi uchun Gadrat-Ouerfelli [2015,
382-385] va Simion [2019, 54-55]ning tadqiqotlariga qarang.

Загрузки

Опубликован

2021-10-12